«ta’lim krediti» tegli maqolalar


2022/2023 o‘quv yilida ta’lim kreditining 76 foizini ayollar oldi — Markaziy bank
28 sentabr 2022, 10:24

2022/2023 o‘quv yilida ta’lim kreditining 76 foizini ayollar oldi — Markaziy bank

2022/2023 o‘quv yilida shu vaqtgacha 27,8 ming nafar talabaga berilgan 317 mlrd so‘mdan ziyod imtiyozli kreditning 242 mlrd so‘mini ayollar oldi. Avvalroq, prezident oliy hamda o‘rta maxsus va professional ta’limda o‘quvchi xotin-qizlarning 7 yilga foizsiz ta’lim kreditini olishi haqida qaror chiqargandi.

1 oktabrdan yoshlarning AKT sohasida o‘qishi uchun ta’lim krediti ajratish boshlanadi
13 avgust 2022, 22:21

1 oktabrdan yoshlarning AKT sohasida o‘qishi uchun ta’lim krediti ajratish boshlanadi

1 oktabrdan boshlab nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning AKT sohasida o‘qishi uchun ta’lim krediti ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda ta’lim kreditlari MBning asosiy stavkasida BHMning 65 baravarigacha 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga ajratiladi.

Xotin-qizlarga 7 yilga foizsiz ta’lim krediti beriladi
19 iyul 2022, 12:56 19

Xotin-qizlarga 7 yilga foizsiz ta’lim krediti beriladi

Prezident qaroriga ko‘ra, oliy hamda o‘rta maxsus va professional ta’limda tahsil oluvchi xotin-qizlarga 7 yilga 14 foizlik ta’lim kreditlari ajratiladi. Bunda foiz stavkalarini Moliya vazirligining jamg‘armasi qoplab beradi. Xotin-qizlar esa asosiy qarzni o‘qishni tamomlagach, 7 yil davomida to‘laydi.

Ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarishsiz qoladi
11 aprel 2022, 09:11

Ipoteka va ta’lim kreditlarining foiz stavkalari yil oxirigacha o‘zgarishsiz qoladi

Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ipoteka va ta’lim krediti uchun ajratiladigan resurs mablag‘lari bo‘yicha amaldagi foiz stavkalari 2022 yil yakuniga qadar saqlanib qoladi. Bu haqda prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

Talabalarga 14 foizlik ta’lim krediti ajratiladi
30 iyul 2021, 18:14 4

Talabalarga 14 foizlik ta’lim krediti ajratiladi

Prezident qarori bilan bakalavr va magistrlarga Markaziy bankning asosiy stavkasida ta’lim krediti ajratiladi. MBning asosiy stavkasi pasaytirilsa ta’lim krediti foizi ham kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi. Kredit olish uchun talabalarning oila a’zolari kafil bo‘lishiga ruxsat beriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting